Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov va mahalla yettili bilan hamkorlikda tumanning “Bog‘chaovul” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
🔻Qabulda mahalla fuqarolari tomonidan ichimlik suvi va elektr ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, qattiq maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, yer va kadastr masalalari hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlardagi bir qator murojaatlar bildirildi.
🔻Deputat har bir murojaatni alohida tinglab, ularning mazmun-mohiyatini atroflicha o‘rgandi. Ayrim masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va moliyaviy mablag‘ talab etadigan murojaatlar ijrosini ta’minlash uchun mutasaddi tashkilotlarga yuborilishi belgilandi.