35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Chiqindi yig‘ish shoxobchalaridagi holat o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari M.Ashurov tomonlaridan tumanning “Fazogir” mahallasida chiqindi yig‘ish shoxobchasining sanitariya holati, konteynerlarning saqlanishi hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish xizmati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

🟢O‘rganish jarayonida chiqindi yig‘ish shoxobchasida mavjud konteynerlarning holati, ularning to‘lib qolishi, atrof-muhit tozaligi va chiqindilarni olib chiqib ketish grafigiga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Amaldagi tartibga ko‘ra, chiqindi to‘plash shoxobchalaridan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi bir kunda bir marta etib belgilangan. Shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot chiqindilarni muntazam olib chiqib ketishi va belgilangan grafikka rioya qilishi shart.

🟢O‘rganish davomida ayrim hollarda maxsus chiqindi tashuvchi transport vositalari belgilangan grafik asosida har kuni ham kelmayotgani aniqlandi. Buning natijasida konteynerlar tez to‘lib, chiqindilarning shoxobcha atrofida to‘planib qolish holatlari yuzaga kelmoqda. Mazkur holat, o‘z navbatida, hududning sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va aholining asosli e’tirozlariga sabab bo‘lishi mumkin.

🟢Deputatlar tomonidan mavjud muammo muhokama qilinib, chiqindilarni olib chiqib ketish grafigiga qat’iy rioya etish, maxsus transport vositalarining harakatini tizimli nazorat qilish hamda konteynerlarning ortiqcha to‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilishi belgilandi.

Slide 1 of 2