Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👥 Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi Artikov Davron Omarbayevich raislik qildi. Unda komissiya a’zolari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
📑 Yig‘ilish kun tartibidan Taxiatosh tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotni eshitish masalasi o‘rin oldi.
💬 Hisobot davomida oilalar bilan ishlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarini o‘rganish hamda mavjud masalalarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
🔎 Muhokamalar davomida komissiya a’zolari tomonidan savollar berilib, sohadagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
📌 Yig‘ilish yakunida tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.