24 talik yo‘nalish bo‘yicha Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilish holatini o‘rganish davom etmoqda.
Joriy yilning 20 avgust kuni 18-Jambul okrugidan Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat J.O‘rinov, Jambul oilaviy shifokorlik punkti katta xamshirasi V.Normurodova bilan aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilish holati o‘rganildi.
O‘rganishda Oilaviy shifokorlik punktida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 382-sonli qarori bilan 26 turdagi bepul dorilar, 19 turdagi tibbiyot anjomlari mavjud bo‘lib aholiga xodimlar tomonidan tekinga berilib xizmat tashkil qilinganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek oilaviy shifokorlik punktida 5 ta davolanish joyi bo‘lib aholiga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda.