35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Sevara Yuldosheva tomonidan fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, Mustaqillik ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan maishiy chiqindilarni tashlash uchun qo‘shimcha 2 ta chiqindi qutisi o‘rnatib berish masalasida murojaat qilindi.

Murojaatda ko‘tarilgan masala chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarining amaliy yechimini ta’minlash, hudud obodonchiligi va sanitariya holatini yaxshilash masalalari doimiy nazoratga olindi.

Slide 1 of 2