Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman gaz ta’minoti rahbarining hisoboti oldidan hududlarda gaz ta’minoti bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish hamda aholi murojaatlarini tinglash ishlari davom ettirilmoqda.
📍 Shu doirada xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan Xonchorbog‘ mahallasi Xolis ko‘chasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🗣️ Uchrashuv davomida aholi tomonidan ichimlik suvi ta’minoti hamda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
🔎 Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
📍 Aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar deputatlik nazorati asosida kuzatib boriladi.