Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Valieva hamda tuman Kengashining 12-Buloqboshi saylov okrugi deputati D.Isaqov tomonidan tumandagi Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi.
📋 O‘rganish jarayonida markaz tomonidan aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda fuqarolar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan tanishildi.
💻 Shuningdek, markazda davlat xizmatlarini raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish va aholiga tezkor hamda sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
🤝 Suhbat davomida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, xizmatlardan foydalanish jarayonida aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.