Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 16-Go‘rmiron saylov okrugi deputati D.Valiyeva tomonidan Tagijar mahallasida avval tashkilot va muassasalarga yuborilgan deputatlik so‘rovlarining ijro holatini o‘rganish hamda natijalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
👥 Yig‘ilishda tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i, tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari, hamda mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etdilar.
📋 Muhokamalar davomida deputatlik so‘rovlari asosida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, ijobiy hal etilgan masalalar yuzasidan axborotlar tinglandi. Shu bilan birga, belgilangan muddatlarda yechim topmagan yoki to‘liq bajarilmagan so‘rovlar alohida ko‘rib chiqildi.