Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlariga saylov okruglaridagi saylovchilardan kelib tushgan murojaatlarning “Deputatlik so‘rovi” sifatida ijrochi tashkilotlarga yuborilishi hamda ularning ijro holati muhokama qilindi.
👥 Yig‘ilishda tuman hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, tegishli sohalar mutasaddilari hamda doimiy komissiya a’zolari ishtirok etdilar.
📋 Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida yuborilgan deputatlik so‘rovlarining ijro intizomi, ularning ko‘rib chiqilish muddatlari va amaliy natijalari tahlil qilindi. Shuningdek, ijrosi ta’minlangan so‘rovlar bilan bir qatorda, hal etilishi kechikayotgan yoki qo‘shimcha choralar talab etayotgan masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.