Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
🔰 Doimiy komissiya yig‘ilishida jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilind
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xarakat xavfsizligini ta’minlash inson hayotining garovi
янв.21
🔰 TUMAN ADLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🔰 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
MUAMMO BARTARAF ETILDI, ISSIQLIK SUVI TA’MINOTI YAXSHILANDI

📍 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P. Ro‘ziboyev hamda deputat N. Sharipova tomonidan Jingavuz mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari asosida olib borilgan o‘rganishlar o‘z amaliy natijasini berdi.

🔎 O‘rganishlar davomida mahalla hududidagi 36-sonli ko‘p qavatli turar joy binosiga issiqlik suvi ta'minotini yetkazib beruvchi asosiy suv quvurining ta’mirlanmaganligi va bu holat aholi uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani aniqlangan edi.

🤝 Aniqlangan muammoni bartaraf etish yuzasidan “Xorazm suv ta’minoti” AJ Urganch shahar filiali bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilib, ta’mirlash ishlari tashkil etildi.

🔧 Qisqa muddat ichida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari natijasida mavjud muammo to‘liq bartaraf etildi hamda hudud aholisining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.

✅ Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning yechimini ta’minlash Urganch shahar deputatlarining doimiy e'tiborida.