"Navoiyuran" DK rahbariyati Konimex tumani Kengashi deputati Ro'ziyev Otabek Baxtiyorovichning boshchiligida Zafarobod qo‘rg‘onida bir qator bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Maydonchada bolalar uchun turli xil o‘yin qurilmalari va attraksionlar o‘rnatilib, atrofi obodonlashtirildi va sun’iy chim bilan qoplandi. Shu kunlarda hududda manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish uchun yer maydonlari tayyorlanmoqda. Yaqin kunlar ichida vorkaut maydoni va sun’iy qoplamali stadion ham foydalanishga topshiriladi.
Bunday ezgu maqsadga qaratilgan amaliy ishlardan qo‘rg‘oncha aholisi, xususan, ota-onalar juda mamnun.