Konimex tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazida Konimex tumani Kengashi raisi Ruslan Ro'ziyev, nuroniylar, jamoatchilik vakillari va tegishli tashkilotlar ishtirokida mahallalarda o'tkaziladigan aholi o‘rtasida to‘y va marosimlarni dabdabali va isrofgarchilik bilan o‘tkazishni oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi. To‘y-marakalarni ixchamlashtirish, ortiqcha dabdaba va isrofgarchiliklarni oldini olish hamda yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida, shuningdek, to‘y-hashamlarga ketadigan mablag‘larning bir qismini yoshlarning haqiqiy ehtiyojiga, oila yumushlarini yengillashtirishga, farzandlarni sog‘lom qilib o‘stirish, bolalarga chuqur bilim berish, zamonaviy hayot va turmush tarziga javob beradigan maqsadlarga sarf qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.