Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat faoliyatidan

 Fuqarolar muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi deputati R. Muratova o‘ziga tegishli saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi deputati R. Muratova fuqarolarning dard-u tashvishlariga sherik bo‘lish, mavjud muammolarga yechim topish maqsadida tumanning Birlik mahallasida saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Yuzma-yuz muloqot chog‘ida deputat tomonidan fuqarolarga keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul
qilinayotgan yangi qonunlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan ularning qiynab kelayotgan muammo va takliflari tinglanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi.  

Slide 1 of 1