Fuqarolar muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan o‘zlariga tegishli saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati S.Xodjayeva hamda M.Ruziyevalar odamlarning dard-u tashvishlariga sherik bo‘lish, mavjud muammolarga yechim topish maqsadida shaharning Do‘stlik mahallasida saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yuzma-yuz muloqot chog‘ida deputatlar tomonidan fuqarolarga keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan ularning qiynab kelayotgan muammo va takliflari tinglanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi.