35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
“SHUKR VA IFTIXOR” SHIORI OSTIDA BAYRAMOLDI XAYRIYA AKSIYASI O‘TKAZILDI

Yurtimiz taraqqiyotining 35 yilligi munosabati bilan “Shukr va iftixor” shiori ostida bayramoldi xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

👉Aksiya doirasida Yunusobod tumani “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati
I. Ashrapova, “Astrobod” mahallasi raisi va mahalla yettiligi bilan hamkorlikda mahallada istiqomat qilayotgan front orti mehnat faxriylari, nogironligi bo‘lgan fuqarolar hamda yolg‘iz keksalar holidan xabar olindi.

✔️Tashriflar davomida nuroniylar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi.

🤝Uchrashuvlarda yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, bayram shukuhi hamda inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan islohotlardan mamnun bo‘lgan nuroniylar ezgu tilak va duolarini bildirdilar.

🧑‍🧑‍🧒‍🧒Har bir xonadonga tashrif davomida keksalarimizga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik yurtimizda inson qadri yuksak ekanining amaliy ifodasi bo‘ldi.

Slide 1 of 3