35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
YUNUSOBOD TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIGA KITOBLAR TAQDIM ETILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich tomonidan Yunusobod tuman axborot-kutubxona markaziga 100 ga yaqin badiiy, ilmiy va ommabop adabiyotlar taqdim etildi.

Mazkur tashabbus yoshlar va aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish, ilm olishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda axborot-kutubxona markazi fondini boyitishga qaratildi.

Taqdim etilgan adabiyotlar orqali kitobxonlar uchun yangi bilim manbalari yaratiladi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash imkoniyati kengayadi.

Ushbu tashabbus “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

✅ Kitob — bilim, ma’rifat va taraqqiyot manbai. Bunday tashabbuslar aholining intellektual salohiyatini oshirish hamda yosh avlodni ilmga rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2