35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Kengash_faoliyati

🇺🇿 #Mustaqillikning_35_yilligi
#Bandixonda_bunyodkorlik_davom_etmoqda

Birdamlik mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda

🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi arafasida Bandixon tumanida hududlar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Bugun Birdamlik mahallasidagi 44-oilaviy poliklinika filialiga olib boruvchi yo‘l zamonaviy asfalt qoplamasi bilan ta’minlandi.

Mazkur yo‘lning ta’mirlanishi nafaqat obodonlashtirish, balki mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholining kundalik hayotini yengillashtirishga qaratilgan muhim amaliy qadam bo‘ldi.

Endilikda ushbu yo‘ldan foydalanadigan nuroniylar, bemorlar, yosh onalar va mahalla aholisi poliklinikaga yanada qulay va xavfsiz qatnash imkoniga ega.

Bu kabi muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, aholining murojaatlarini tinglash va ularning qonuniy manfaatlarini tegishli tashkilotlar oldida ilgari surish — deputat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Deputatning xalq bilan bevosita muloqoti, hududdagi infratuzilmaga oid muammolarni o‘rganishi va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashishi natijasida aholi uchun muhim bo‘lgan masalalar bosqichma-bosqich hal etilmoqda.

🌿 Obod mahalla — rivojlangan infratuzilma — farovon hayot.

Bandixonda xalq manfaatlariga xizmat qiladigan bunyodkorlik va infratuzilmaviy loyihalar izchil davom etadi.

Deputat — xalq vakili. Xalq murojaati — e’tiborda, muammosi — yechimda!

Slide 1 of 7