35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
Kengash_faoliyati

🇺🇿 #Mustaqillikning_35_yilligi
#Bandixonda_bunyodkorlik_davom_etmoqda

Bandixonda yana bir yo'l ravon bo'ldi!

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Bandixon tumanida bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.
Bugun Chinor va O'rg'ilsoy mahallalarini o'zaro bog'lovchi ichki yo'lda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan asfalt yotqizish ishlari amalga oshirildi.

Ishlar sifatli bajarilishini Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati tuman hokimi Abdumalik Allamuradov shaxsan nazorat qilib, mazkur yo'l uzoq yillar davomida aholiga puxta va ishonchli xizmat qilishi lozimligini ta'kidladi.

Bugun ushbu yo'ldan foydalanayotgan yoshu qari birdek mamnun. Mahalla ahli bu ezgu bunyodkorlik ishlarini yurtimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yo'lidagi amaliy g'amxo'rlik sifatida e'tirof etmoqda.

"Bu yo'l — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib sovg'a bo'ldi!" deya quvonchlarini izhor etayotgan fuqarolar, yurtimiz tinchligi, obodligi va ravnaqi uchun duolar qilishmoqda.

🇺🇿 Bandixonda bunyodkorlik davom etadi, xalqimiz farovonligi yo'lidagi ezgu ishlar esa yanada keng quloch yoyadi! 

Slide 1 of 10