35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
Sessiya oldidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining 2 yillik tahlili hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalalari yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Mazkur yo‘nalishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati B.Sadikova tomonidan Imom ota MFY hududidagi 32-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda ta’mirlash ishlari jarayoni ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida maktabda ta’mirlash ishlari hali yakunlanmagani, shu sababli ta’lim muassasasi yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor holatga keltirilmagani aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan mas’ullar bilan muhokama o‘tkazilib, ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, maktabni o‘quvchilar qabuliga to‘liq tayyorlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4