35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
Sessiya oldidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman Suv ta’minoti bo‘limi rahbarining hisoboti oldidan hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Mazkur sessiya oldi o‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati B.Sadikova tomonidan Turkman mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi 11 ta ko‘cha holati bilan tanishilib, aholi tomonidan bildirilayotgan taklif va muammolar o‘rganildi. Xususan, Yertishar ko‘chasi (8-ko‘cha) ko‘chaboshisi Sh.Norboyev hamda nuroniylar faoli F.Yuldoshev bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida hududdagi mavjud masalalar, aholi ehtiyojlari va obodonlashtirish ishlari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv davomida ko‘cha boshidagi qo‘shib ajratadigan qaychi (qurilma) ishdan chiqqani, uni ta’mirlash yoki yangilash bo‘yicha amaliy yordam zarurligi ma’lum qilindi.
Aniqlangan masala deputat tomonidan qayd etilib, sessiyada tegishli masalalarni muhokama qilish hamda muammoni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish uchun nazoratga olindi.

Slide 1 of 5