35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etildi.

Rasmiy javobda qayd etilishicha, deputat so‘rovida ko‘tarilgan "Chorchinor" mahalla fuqarolar yig‘inining Saxovat ko‘chasini tungi yoritish tizimi bilan ta’minlash masalasi yuzasidan mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan va mavjud holat atroflicha tahlil qilingan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Saxovat ko‘chasidagi tungi yoritish chiroqlari elektr tarmog‘iga ulanib ishga tushirilgani, hozirgi kunda yoritish tizimi belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgani hamda deputatlik so‘rovida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur amaliy choralar ko‘rilgani ma’lum qilingan.

Mazkur javob deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala vakolatli tashkilot tomonidan ijobiy hal etilganini hamda hudud aholisining murojaati yuzasidan amaliy natijaga erishilganini tasdiqlaydi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi