35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Yangi maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan hududdagi fuqarolar murojaatlari asosida 168-A uy oldida barpo etilgan 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur maktabgacha ta’lim muassasasining qurilish ishlari to‘liq yakunlanganiga qaramasdan, obyekt mutasaddi tashkilotlar tomonidan hanuz foydalanishga topshirilmaganligi aniqlandi. Ushbu holat tufayli mahalla aholisi, ayniqsa farzandlarini bog‘chaga joylashtirishni kutayotgan ota-onalar tomonidan haqli e’tiroz va murojaatlar bildirilayotgani qayd etildi.

Deputat tomonidan obyektning foydalanishga topshirilishini kechiktirayotgan omillar, zarur hujjatlar rasmiylashtirilishi hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mutasaddilar bilan atroflicha muhokama o‘tkazildi.

O‘rganish yakunida tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan bog‘lanilib, 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasini imkon qadar qisqa muddatlarda foydalanishga topshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va barcha tashkiliy masalalarni tezkor hal etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6