Konimex tumani “Yuksalish” mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida fuqaro Xolmuradova Salima oilaviy sharoiti sababli 3 nafar farzandi bilan ota-onasi xonadonida vaqtincha istiqomat qilayotgani hamda kelgusida farzandlari uchun uy-joy qurish maqsadida “Yuksalish” mahallasi, Yangi qishloq hududida joylashgan, fuqaro (Salima Xolmurodova farzandlarining otasi) Xolmuradov Elmurod xonadoni ro‘parasidagi bo‘sh yer maydonining huquqiy maqomini (kimga tegishli ekanligini) aniqlashda amaliy yordam so‘radi.
Shu sababli Kadastr agentligi Konimex filiali boshlig‘i nomiga deputat so'rovi yuborildi.