XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
🖊 Sessiya ishi davomida:
📺 Tuman prokuraturasi tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida 2026-yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar;
📺 Konimex tumani hududida 2026-yilning 1-choragi davomida huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘l-harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar;
📺 Tuman tibbiyot birlashmasi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan 2026-yil 1-choragi davomida aholiga ko‘rsatilgan tibbiy xizmat va kelgusidagi faoliyat rejalari to‘g‘risida;
📺 2026-yilning birinchi choragi davomida tumanda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
📺 "Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dagi mablag‘larni 2026-yil 1-mavsumda jamoatchilik fikri asosida shakllangan va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tanloviga ko‘ra qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topilgan loyihalarga yo‘naltirish to‘g‘risida;
📺 Tuman mahalliy budjetining 2026-yil boshida shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida;
📺 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan;
📺 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida musobaqalarning tuman
bosqichilari hamda sportning futbol turi bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqasining tuman bosqichini yuqori saviyada tashkil etish va g‘olib sovrindorlarni taqdirlash uchun moliyalashtirish to‘g‘risida;
📺 Konimex tumanida 2026-yilgi vegetatsiya mavsumida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning suv olish miqdor (limit)larini ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida va boshqa bir qator muhim masalalar ko'rib chiqildi.
📝 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
📹 Sessiya ishi tuman hokimligining You tube tarmog'idagi rasmiy sahifasi orqali onlayn yoritib borildi:
📱 https://www.youtube.com/live/xwi1OXoUwPg?si=DWtO_7tvjJEWR-K2