Hafta davomida Xalq deputatlari Konimex tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Gulzoda Umarova siyosiy partiyalarning tuman bo‘limi rahbarlari hamda tuman hokimligi yuristi bilan hamkorlikda tumandagi ayrim tashkilot va muassasalarda ijtimoiy masalalar yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishib chiqdi.
Jumladan, 27-aprel kuni tumandagi 2-sonli MTMda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat ta’minoti, sanitariya-gigiyena holati hamda tarbiya jarayonining sifati, shuningdek, 30-aprel kuni tumandagi FHDYO bo‘limida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda aholiga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganishlar davomida ijtimoiy sohadagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Bu kabi o‘rganishlar kelgusida ham izchil davom ettirilishi belgilandi.