Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
Yakkasaroy tumanida mahallalarda manzilli o‘rganish ishlari olib borildi

 Yakkasaroy tumanida mahallalarda manzilli o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li hamda Abdullajonov Dilshod Komiljon o‘g‘li Abdulla Qahhor nomli mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda (24 ta tavsiya asosida) hududlarga chiqib, xonadonma-xonadon yurib, aholi turmush sharoitlari, muammolari va ehtiyojlarini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqotlar o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi hamda mavjud masalalarni joyida hal etish choralariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Chakan House tojik milliy taomlari restorani oldida avtomobillarni tartibsiz qo‘yish holatlari aniqlanib, ushbu muammoni bartaraf etish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va hududda qulaylik yaratish maqsadida tegishli tartib o‘rnatish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

🔹 Hududlarda olib borilayotgan bunday tizimli o‘rganish ishlari aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🔹 Yakkasaroy tumanida bu kabi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1