Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda

Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati mudiri Mirkasimov Djasur Alisherovich tomonidan Abdulla Qahhor nomli mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududni kompleks o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv davomida mahallada ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash, fuqarolar bilan manzilli ishlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Mahalla yettiligi” a’zolarining mas’uliyati va hamkorligi muhim ekani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng kotibiyat mutaxassislari A.Adashboyev hamda D.Abdullajonovlar “mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda hududlarga chiqib, xonadonma-xonadon yurib, aholi turmush sharoitlari, muammolari va ehtiyojlarini o‘rgandilar. Fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

🔹 Bunday o‘rganish ishlari mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholining muammolarini joyida hal etish hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1