Karmana tumani hokimi, deputat Valijon Adizov tegishli soha rahbarlari hamrohligida tuman tibbiyot birlashmasida boʻlib,
muassasada bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmatlar sifati hamda mavjud muammolarni oʻrganishdi.
Shuningdek, davolash-profilaktika ishlari, sanitariya-gigiyena holati, tibbiy uskunalar bilan taʼminlanish darajasi va
dori-darmon zaxiralari ham koʻzdan kechirildi.