Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кармана туманида “Маҳаллий кенгашлар фаолиятини янада яхшилашда янгича ёндашув ва талаблар” мавзусида ўқув-семинари бўлиб ўтди.
янв.21
Болаларга беринг дунёни.
янв.21
ДЕПУТАТ МУРОЖААТЛАРНИ ЎРГАНМОҚДА
янв.21
Ta’limga qaratilgan har bir e’tibor - kelajakka sarf qilingan eng muhim sarmoyadir.
янв.21
Ўзбекистон ва Венгрия: икки томонлама муносабатларнинг янги босқичи
янв.21
Karmana tumani hokimi, deputat Valijon Adizov tuman tibbiyot birlashmasida boʻlib, muassasada bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o`rganilldi.
янв.21
Daromadi past oilalar holidan xabar olindi!
янв.21
FUQARO MUROJAATI DOIM E’TIBORDA!
янв.21
Karmana tumanida “Nuroniylar maskani” va boshqa ijtimoiy obyektlarning qurilishi ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Ўзбекистон–Венгрия муносабатларида янги босқич: Кенгайтирилган стратегик шериклик сари мустаҳкам қадам
Karmana tumanida “Nuroniylar maskani” va boshqa ijtimoiy obyektlarning qurilishi ko‘zdan kechirildi.

Kuni kecha Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi raisi Valijon Adizov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Sh.Nabiyev, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi O‘.Rajabov hamda boshqa mas’ul rahbarlar tumandagi bir qator ijtimoiy obyektlar, jumladan yangidan barpo etilgan va foydalanishga topshirilish arafasida bo‘lgan “Nuroniylar maskani” hamda qurilishi davom etayotgan inshootlarda bo‘lishdi.

“Nuroniylar maskani” – nuroniylarimiz uchun barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy majmua bo‘lib, bu yerda faxriylarimiz sport bilan shug‘ullanishlari uchun shashka-shaxmat xonasi, sport zali, nuroniylar va yoshlar uchun zamonaviy kutubxona, tuman gazetasining tahririyati uchun alohida xonalar, “Buvijonlar maktabi” a’zolari faoliyat yuritishi uchun mo‘ljallangan xonalar ajratilgan. Mazkur maskanni to‘liq jihozlash, qulayliklarni yanada oshirish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, hokimlik vakillari va jamg‘arma rahbarlari qurilishi davom etayotgan boshqa ijtimoiy obyektlarda ham bo‘lib, ularning borish jarayonini ko‘zdan kechirdilar. Qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, yuqori sifat bilan yakunlash bo‘yicha mas’ullarga qat’iy vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 5