Agar deputat korrupsiya faktlari to'g'risidagi axborotga ega bo'lsa, u korrupsiyaning oldini olish uchun zarur choralar ko'rishi, shu jumladan Kengash yoki uning organlari rahbarlarini yoki korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha maxsus vakolatli davlat organiga darhol xabar qilishi yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat etishi kerak.
Manba: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalari.
Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati