Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi raisi Jamol Ashurov Jondor tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
🔰Sayyor qabulda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov, tuman mutasaddilari, tegishli tegishli tashkilot rahbarlari, mahalla yettiligi va fuqarolar ishtirok etishdi.
♻️Qabul jarayonida fuqarolardan tomarqalarini sug‘orish uchun ariq suvi yetkazib berish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, elektr energiyasi ta’minotidagi muammoli masalalarda murojaatlar qabul qilindi.
♻️Sayyor qabul davomida Kengashi raisi J.Ashurov va mahalliy Kengash deputatlari tomonidan mavjud muammolarni joyida o‘rganish va hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
🕊Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi