O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining to'qqizinchi yalpi majlisi yakunlandi
Senat yalpi majlisida Surxondaryo viloyat studiyasidan hududdan saylangan Senatorlar, yoshlar parlamenti a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi doimiy komissiya raislari, tegishli mas’ullar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.
Ikki kun davom etgan yalpi majlisda 14 ta Oʻzbekiston Respublikasining Qonun loyihalari va Senat Kengashining qaror loyihalari senatorlar tomonidan muhokama qilindi va ma'qullandi.