Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

           Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi: 

          Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

          1. Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i F.Xayitovning 2025-yil 1-chorak davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti.

          2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bag‘dod tumani Xalq qabulxonasi mudiri To‘laganov Zokirjon Baxodirovichning 2025-yil 1-choragida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti.

          3. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S.Davlatovning:

          “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining hududlar kesimida ijro etilishi. 

          Aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda kambag‘allikni qisqartirish shuningdek, aholi bandligini ta’minlash choralarining ijrosi hamda ishsizlik va bandlik (ayniqsa jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslar) holati.

          Investitsiya loyihalarini va hududning eksport salohiyatini oshirish choralarining ijrosi.

          Bozorlar va ulardagi narx-navolarning holati. 

          Tuman mahalliy budjetining 2025-yil 1-chorak ijrosi to‘g‘risida hamda tuman salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy budjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari yuzasidan 2025-yil 1-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti.

          4. Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlay bo‘yicha o‘rinbosari Q.Mirtazaqulovning 2025-yil 1-choragi davomida:

          “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining hududlar kesimida ijro etilishi.

          Sog‘liqni saqlash, xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamni ko‘rsatilishi holati.

          Yoshlar muammolarini hal etilishiga ko‘maklashish.

          Maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti.

          Bag‘dod sport maktabida 2025-yil uchun eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi hisoboti.

          5. Tuman hokimi o‘rinbosari U.Yigitaliyevning 2025-yil 1-choragi davomida:

          “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” dasturi, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining hududlar kesimida ijro etilishi,

          ichimlik suvi, issiq suv, elektr energiyasi (xususan energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish, energiya samaradorligi) ta’minoti holati,

          tabiiy gaz ta’minoti va chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati, kanalizatsiya tashkil etish choralarini ko‘rish,

          jamoat transportining o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar,

avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisoboti.

         6. Tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar masalalari bo‘limi boshlig‘i X.Qambarovaning 2025-yil 1-choragi davomida:

         “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining hududlar kesimida ijro etilishi. 

         Xotin-qizlar muammolarini hal etilishiga ko‘maklashish yuzasidan hisobot

         7. Tuman davlat soliq inspektsiyasi rahbari A.Abduraxmonovning mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisoboti.

        8. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari M.Aliqulovning suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi ob’yektlarining texnik holatini yaxshilash,shuningdek tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risidagi hisoboti.

        Kun tartibidagi masalalar boʼyicha deputatlar tomonidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.     

Slide 1 of 10