Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yil 15 may kuni maktab ta'limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishi borasida Xalq deputalari Paxtakor tuman Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyat mudiri Mamanova Karomat Xolmanovnaning MUNOSABAT
Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev raisligida joriy yilning 15-may kuni maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish boʻyicha ustuvor
vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishini oʻtkazdilar.
Davlatimiz rahbari xalqimizni 15 may – Xalqaro oila kuni bilan tabrikladilar. Prezidentimizning Xalqaro oila kuni bilan tabrigi barcha yigʻilish ishtirokchilarida yuqori kayfiyat bagʻishladi. Har bir fuqaro oilaning a’zosi ekan, albatta bu sharaf va farzandlar tarbiyasi uchun mas’uldir.
Oila – jamiyat tayanchi, ma’naviyat beshigi va avlodlar oʻrtasidagi uzviylik ramzi ekanligini ta’kidladilar.Har bir oilada tinchlik, totuvlik va xotirjamlik boʻlsa, demak jamiyatda ham rivojlanish boʻladi va yurtimiz gullab-yashnaydi.
Muhtaram Prezidentimiz ta’lim sohasini isloh qilish boʻyicha yigʻilishida ushbu soʻzlar bilan yigʻilishni boshlab berib, quyidagi vazifalar haqida oʻz nutqini boshladilar.
Maktablarda 1 millionga yaqin, bog‘chalarda 1,5 million yangi o‘rinlar yaratildi. Bog‘cha bilan qamrov 3 karra oshib, 78 foizga yetdi.Malaka, til bilish, yangi baholash tizimi, fan
olimpiadalari kabi mezonlar asosida oʻqituvchilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming oʻqituvchi hozirda 8-12 million soʻm maosh olayapti.
Bogʻcha tarbiyachilarining oyligi 65 foizga oshib, maktab oʻqituvchilari maoshiga tenglashdi. Yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarini ish haqi 7-10 million soʻmdan oshadi. Shuningdek oxirgi 7 yilda maktabgacha va maktab ta’limi uchun mablag‘ 7 karra oshirilgani, joriy yilda bunga 60 trillion so‘m yo‘naltirilayotgani ta’kidlandi. Bu raqamlardan koʻrinib turibdiki,oʻtgan vaqt mobaynida ta’lim tizimiga yetarli e’tibor berildi va berilmoqda.Ta’limni rivojlantirish
uchun 60 trillion soʻm ajratilgan ekan, maktab rahbarlari va oʻqituvchilar oldida fidokorona mehnat qilib, Prezidentimizning ishonchlarini oqlashdek vazifamiz, burchimiz borligini unutmasligimiz lozim.
Prezident sohada mavjud muammolarga to‘xtaldi. Eng ilg‘or mamlakatlar tajribasiga tayangan holda ta’lim dasturlari ishlab chiqildi, darsliklar yangilandi, maktablarga zamonaviy jihozlar olib berilmoqda.Lekin tizimdagi muallimlarning yangi metodikalarni o‘zlashtirishi, ta’lim sifatini ta’minlashi qay darajada ekani savol ostida
turibdi.
Masalan, ikki yil oldin toifa berish tizimi shaffof, raqamlashgan platformaga o‘tgani haqiqiy ahvolni ko‘rsatdi. Jumladan, o‘tgan yili 341 ming o‘qituvchi yangi tizim asosida
toifaga topshirgan bo‘lsa, shundan 102 ming nafari imtihondan o‘ta olmagani qayd etildi.
Ishga olishda diplomga qarab emas, bilim va malakani baholash tizimiga o‘tildi. Bu yangi tizim orqali imtihon qilingan 13 ming nomzoddan 6 mingi bilimi qoniqarsiz bo‘lgani uchun ishga kira olmadi. Bilimi qoniqarsiz o’qituvchilar yosh avlodga bilim berishda mas’uliyatsizlik bilan yondoshsa, bu jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta’sir
qilmasdan qolmaydi deb o’ylayman.
61 ta xususiy oliygohda pedagog-kadrlar o‘qitilayotgani bilan birortasida kimyo, biologiya va fizika bo‘yicha muallim tayyorlanmaydi. Bu hozirgi kunda tabiiy fanga e’tibor qaratilayotgan bir paytda shu sohadagi kadrlarni tayyorlashga yetarli e’tibor bermayotganligimizdan dalolatdir.
O‘tgan yili 1,5 mingta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning ta’lim dasturi joriy qilindi. Shundan 300 tasida zamonaviy laboratoriya va o‘quv jihozlari yo‘qligi qayd etildi.Ikki yil oldin tarmoqlar talabi asosida 289 ta maktabning 10-sinf o‘quvchilariga 60 turdagi kasblarni o‘rgatish boshlandi. Shundan 114 ta maktabga tadbirkorlar biriktirilib, 4 ming o‘quvchi 2 milliondan 5 million so‘mgacha oylik olayapti.
Dehqonobod, G‘uzor, Kosonsoy, Mingbuloq, Uychi, Guliston, Sardoba, Xovos, Boysun, Denov, Sho‘rchi, Muzrabot, Buvayda, Dang‘ara, Hazorasp, Xonqa tumanlari hokimlariga bittadan maktabni ushbu tizimga moslashtirish topshirig‘i berilgan edi.Lekin, ular kasbga o‘qitish uchun na zarur jihoz, na xom ashyo olib bergani tanqid qilindi. Tuman
hokimlarining ta’limni rivojlantirishga e’tiborni kuchaytirmasa, u hududga chetdan kelib jon kuydirmaydi.
Hozirda 7-11 sinf o‘quvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham
o‘ylantirishi zarurligi qayd etildi.
Yoki viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda o‘quvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh bo‘lib qolayapti. O‘lim bilan
tugayotgan holatlar ham ko‘p.
Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman prokurorlari qonun ustuvorligini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlash topshirildi.
“Biz maktabgacha va maktab ta’limi tizimida katta o‘zgarish qila oldik. Lekin, hali yechimini kutayotgan ko‘plab muammolar bor”, - dedi davlatimiz rahbari.Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga butun tizimi bilan “favqulodda to‘qson kunlik” tartibida ishlashga o‘tish topshirildi.
“Ta’limda sifat bo‘lishi uchun eng avvalo pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bunga tayyor bo‘lishi kerak”, - dedi Prezident yig‘ilishda.
Bu borada Avloniy malaka oshirish instituti transformatsiya qilinib, uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etilishi belgilandi. Respublikadagi barcha malaka oshirish institutida bilim berayotgan o’qituvchilar bir necha yildan buyon bir xil berayotgan metodikalarini avvalo o’zlari yangilashlari, bilimlarini oshirishlari lozim.
Chunki malakasini oshirish uchun kelgan pedagoglar maktabga yangi-yangi metodikalar va bilimlar bilan qurollanib maktabga qaytishi va bu bilimlari orqali o’quvchilarga qiziqarli dars o’tib, kuchli bilim berishga tayyor bo’lishlari lozim deb o’ylayman.
Nizomiy oliygohi – Milliy pedagogika universiteti sifatida tayanch oliygoh, uning rektori esa bir vaqtning o‘zida kadrlar tayyorlash bo‘yicha vazir o‘rinbosari hisoblanadi.
Hududlardagi 12 ta pedagogika oliygohi ham MMTV tizimiga o‘tkazildi.
Pedagog, talaba va o‘quvchilar bilim va ko‘nikmasini baholashning yagona tizimi yaratilib, mustaqil bo‘lgan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil
qilindi.Endilikda mutasaddilar yaratilgan imkoniyatlar asosida kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va ularni baholash bo‘yicha mutlaqo yangi tizimni joriy qilishi belgilandi.
Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan o‘zgarishi belgilandi. Prezidentimiz buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi. Bu oliygohga Yangi O‘zbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi.
“Top” xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar o‘rnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinishini ta’kidladilar.
Oliygohning xorijiy til sertifikati bor 20 nafar o‘qituvchisi shu yil Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
Kelgusi uch yilda institutning barcha professor-o‘qituvchilari xorijiy til sertifikatini olib, chet elda o‘qib keladi.Bu tizim barcha pedagogika oliygohlarida joriy etiladi.Yigʻilishda
sohadagi har bir yoʻnalish atroflicha tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilab berildi. Maktab ta'limini yangi bosqichga koʻtaradigan tashabbuslar ilgari surildi.
Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazidagi yondashuvlarni ham, dasturlarni ham tubdan o‘zgartirish zarurligi ta’kidlandi.
Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-o‘qituvchining barchasi AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi.Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri bo‘yicha alohida tayanch maktablari bo‘ladi. Har bir tayanch maktabning 1 nafar o‘qituvchisi
Malaka oshirish markaziga kelib, o‘z yo‘nalishida xalqaro dasturlar asosida chuqur tayyorlanadi, ularga trener maqomi beriladi. Ya’ni, ularning bilim va amaliy ko‘nikmasi markaz o‘qituvchisidan kam bo‘lmaydi.
Ushbu trenerlar o‘ziga biriktirilgan hududdagi 25 nafar yetakchi o‘qituvchini o‘qitadi, yetakchi o‘qituvchilar esa o‘z maktabidagi qolgan muallimlarni malakasini oshirib
boradi.
Tuman hokimlari tayanch maktablarda 1 ta kasbiy mahorat xonasini tashkil qilish va uni to‘liq jihozlashga mas’ul bo‘ladi.
Barcha viloyat hokimlari Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti andozasi asosida hududlardagi malaka oshirish markazlarini ta’mirlash ishlarini yil oxirigacha yakunlashi shartligi haqida ogohlantirildi.
Shuningdek bir yil ichida 215 nafar o‘qituvchi Angliya, Fransiya, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreyadagi eng nufuzli universitetlarda malaka oshirdi. Muhimi, xususiy maktablar ham bu tizimga qo‘shilib, o‘qituvchilarini xorijga jo‘natmoqda.
Prezident kelgusida malaka oshirishga borayotganlarning 25-30 foizi xususiy maktablardan bo‘lishi haqidagi taklifni ma’qulladi va mutasaddilarga buni yangi o‘quv yilidan boshlab tashkil qilishga topshiriq berdi.
Joriy yilning o‘zida pedagogika oliygohlari va malaka oshirish markazlaridan kamida 5 nafardan, har bir tumandan shunchadan muallimni xorijga yuborish vazifasi qo‘yildi.
Maktablar quvvatini oshirishning maqbul yo‘llaridan biri xususiy sheriklik ekani ta’kidlandi. Shu bois maktablar va bog‘chalar uchun xususiy sheriklik loyihalarining e’londa turish muddati 45 kundan 30 kunga qisqartiriladi.
Mutasaddilarga joriy yilda maktab ta’limida kamida 100 ta shunday loyihani boshlash topshirildi.
Yig‘ilishda yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Bugungi kunda tumanlarda “Barkamol avlod” maktablari, 14 ta hududda “Yoshlik” sport jamiyati va Respublika o‘quvchi yoshlar markazi bor. Lekin 219 ta “Barkamol avlod” maktabi 350 ming bolani qamrab olgan, xolos. Endilikda “Barkamol avlod” maktablari, “Yoshlik” sport jamiyati va O‘quvchi yoshlar markazi yagona tizimga birlashishi belgilandi.Bu markazlar to‘liq ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy, kreativ yo‘nalishlar asosida jihozlanadi. Ularda xorijiy tillarni o‘qitish, sun’iy intellekt, dasturlash va animatsiya kabi yangi to‘garaklar ochiladi.
O‘quvchilar o‘rtasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha ham yangi tizim bo‘ladi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm ob’ektlari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari o‘tkazish, madaniyat va istirohat bog‘larida san’at ko‘rgazmalari, she’riyat kechalari va intellektual o‘yinlar tashkil etish topshirildi.
Poytaxtdagi Yangi O‘zbekiston bog‘i va parklarda har kuni ochiq osmon ostida konsertlar uyushtiriladi.
Bu ishlarni sport sohasida ham tashkil qilib, 6 million yoshlarni qamrab olishga ko‘rsatma berildi.
Umuman, aytilgan topshiriq va tadbirlar ijrosini nazorat qilish uchun shtab tuzilishi, bu masala shaxsan Prezident nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.
Tuman hokimlariga har oyda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari rahbarlari, maktab direktorlari va bog‘cha mudiralari bilan uchrashib, muammolarni joyida hal qilish vazifasi yuklandi.
Mutasaddilar bundan buyon tuman bo‘limi rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan birorta yig‘ilishga jalb qilib bo‘lmasligi haqida qat’iy ogohlantirildi.