Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining majlislar zalida navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida Xalq deputatlari shahar Kengashining "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha" doimiy komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi. Kun tartibidagi masalalar: 1. Shahar hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari barpo etish va mahalliy budjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 31 dekabrdagi PQ-468-son qarorining Jizzax shahridagi ijrosi yuzasidan 2025 yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini eshitish. 2. Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining 2025 yilning 1-choragi davomida mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisobotini eshitish. 3. Shaharga investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘ining 2025 yilning 1-choragi davomidagi hisobotini eshitish. 4. Shahar byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.