Bugun Amudaryo tumani “Yuqori qishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla fuqarolar yig'ini raisi saylovi bo'lib o'tdi. Aholi mahalla raisligiga nomzodlar Atajanov G‘ulomjon Tozabayevich va Shamuratov Ravshanbek Narimmatovichlarning maqsadli rejalari bilan tanishib o'zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishdi.
Saylov natijalariga ko'ra, “Yuqori qishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga “Yuqori qishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Atajanov G‘ulomjon Tozabayevich saylandi. Saylov jarayonida xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari Urazbayev Mansur Axmadjanovich va Matirzayev Shuxrat Shukurlayevichlar faol ishtirok etdi.