Sessiyaga Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi, shahar hokimi Komil Xolmurodov boshchilik qildi va olib bordi. Sessiya ishida deputatlar tomonidan:
1. Jizzax shahrini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, hududda jinoyatchilikni jilovlash va korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar prokurorining 2025-yil 1-chorak davomidagi faoliyati bo‘yicha axborotini eshitish.
2. Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2025-yilning 1-choragi davomida Jizzax shahrini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, shaharda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida, shuningdek jamoat xavfsizligi to‘g‘risidagi hisobotini eshitish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati bo‘yicha kiritgan axborotini muhokama etish.
4. Shahar hokimi birinchi o‘rinbosarining shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari barpo etish va mahalliy budjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarorining Jizzaxshahridagi ijrosi yuzasidan 2025-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini eshitish.
5. Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining 2025-yilning 1-choragi davomida mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisobotini eshitish.
6. Shaharga investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘ining 2025 yilning 1-choragi davomidagi hisobotini eshitish.
7. Jizzax shahrida ekologiya sohasidagi ustuvor vazifalarning bajarilishi, atmosfera havosini muhofaza qilish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish borasidagi ishlar yuzasidan Jizzax shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘ining hisobotini eshitish.
8. Jizzax shahrida jismoniy tarbiya sport taʼlimi, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish, aholining jismoniy faolligini oshirish, sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan shahar sport maktabining hisoboti hamda 2025-yil davomida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida.
9.Jizzax shahrining Sharo fRashidov hamda G‘allaorol tumanlari bilan maʼmuriy-hududiy chegara chizig‘in itasdiqlash to‘g‘risida.
10. Jizzax shahri hududida “Yashil bog‘lar” tashkil etish to‘g‘risida.
11. Shahar budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi masalalar koʻrib chiqildi. Sessiya soʻngida mahalliy OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham tashkil etildi. Jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi. Sessiya ishi ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirga uzatildi.