Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 12-“Markaz” saylov okrugi deputati B.Qodirova tomonidan “Ma’orif” mahallasi aholi vakillari bilan uchrashuv tashkil etilib o‘tkazildi.
Uchrashuvda deputat tomonidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha axborot berilib, aholini muammolari tinglandi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz oilalarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kerakli shart-sharoitlar haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.