Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Ijtimoiy yordam ehtiyojmandlarga yetmoqda
янв.21
Deputat aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Ishtixon tumani "Shayxlar" mahallasida insonparvarlik namoyon bo‘ldi
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining deputati Jamol Mavlyanov saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Ishtixon tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Ishtixon tumanida maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Ishtixon tumanidagi 2-son politexnikumda "Bo‘lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlaymiz" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar va mahalladagi “Mahalla yettiligi” o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan korrupsiya illatini bartaraf etish va bu borada targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalari muhokama etildi.
янв.21
Ishtixon tumanida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
📍 Ijtimoiy yordam ehtiyojmandlarga yetmoqda

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Elyor Abdusalomov hamda “Yangiravot” mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy xizmat ko‘rsatish xodimi Aziza Murtazayeva tomonidan mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati joyiga chiqib o‘rganildi.

📋 Xususan, Ijtimoiy himoya yagona reestrida ro‘yxatda turgan, nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, ijtimoiy xizmat xodimi tomonidan maxsus so‘rovnoma asosida baholash ishlari amalga oshirildi.

✅ Baholash natijasiga ko‘ra, ushbu oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, yordam ajratish, bandlik va boshqa yo‘nalishlarda zaruriy choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar shakllantirildi.

🤝 Bunday tashriflar joylardagi ijtimoiy muammolarni aniqlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etishda muhim o‘rin tutadi. 

Slide 1 of 2