Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy eʼtiborda
янв.21
Ta’limning ilk bosqichi bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimi deputat nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda
янв.21
Biz zo'ravonlikka qarshimiz!
янв.21
"Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!"
янв.21
Hashar - elga yarashar
янв.21
Ishtixon tumani deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish
янв.21
Ishtixon tumani Kengashi deputatш “Kiberxavfsizlikni taʼminlash va bank mahsulotlaridan samarali foydalanish” mavzusida tushuntirish ishlarini olib bordi
янв.21
Navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ishtixon tumani deputati tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi o‘rganildi
JAMOATCHILIK NAZORATINI SHAKLLANTIRISHDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING O‘RNI

Fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshiriladigan jamoatchilik nazorati, avvalambor, jamoat tashkilotlari – siyosiy partiyalar, mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari va boshqalar faoliyatining muhim yoʻnalishi hisoblanadi. Binobarin, hokimiyat organlarining jamoat tashkilotlari orqali xalq bilan muloqoti demokratiyani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamoatchilik nazorati – umuman, jamiyat yoki alohida fuqarolar guruhi tomonidan ijtimoiy institutlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini optimallashtirish maqsadida ularning shakllanishi va faoliyat yuritishini qayd etish va baho berish mexanizmidir.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksini quydagi mazmundagi 1987-modda bilan toʻldirish taklif etilmoqda: Jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish natijalari boʻyicha bayonnoma, xulosa, maʼlumotnoma shaklida yoxud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shaklda tayyorlangan yakuniy hujjatni belgilangan muddatda koʻrib chiqmaslik – mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.”

Xulosa qilib aytganda, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari alohida oʻringa ega. Fuqarolik jamiyati institutlari ham jamoatchilik nazoratini samarali yoʻlga qoʻyish orqali fuqarolarning huquq va erkinliklari yuqori darajada taʼminlanishidan, davlatimizning yuksalishi va taraqqiy topishidan manfaatdordir. Zero, ularning asosiy faoliyat yoʻnalishlari ham aynan shunday ezgu maqsadlarga yoʻnaltirilgan.

   

B.Ruzmetov,
viloyatKengashi huzuridagi
ekspert guruhi aʼzosi