Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Abdurazzaqova Zebo Safarovna Chag‘atoy mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini baholashga alohida e’tibor qaratildi.
Shu jumladan:
Deputat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holatini yaxshilash, ularning hayot sifatini oshirish va yordamlar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga bir qator tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, ijtimoiy xodimning amaliy ishlari doimiy nazorat ostida bo‘lishi, xizmat sifatini oshirish va aholiga manzilli yordam ko‘rsatish masalalari ham muhokama qilindi.
Mazkur amaliyotlar orqali mahalladagi kam ta’minlangan oilalarning hayot sharoitlarini yaxshilash, ularning daromad manbalarini ko‘paytirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasidagi ishlar yanada samarali tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.