Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🚧 Hududlarni bog‘lovchi yo‘l masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Vasila Soliyeva tomonidan Ishtixon tumani “Humo” mahallasi Chayjovul qishlog‘i hamda “Murodobod” mahallasi Chambil qishlog‘ini bog‘lovchi Humo ko‘chasining holati yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

Aholi hamda “mahalla yettiligi” bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida mazkur ko‘chaning ta’mirtalab ahvolda ekani, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumida fuqarolarning piyoda va transportda harakatlanishi uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgani ta’kidlandi. Ushbu holat bo‘yicha fuqarolar tomonidan haqli e’tirozlar bildirilib, yo‘lni ta’mirlash masalasini hal etish so‘ralgan.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan mazkur masalani joyida o‘rganish, yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha zarur amaliy choralarni ko‘rish hamda hudud aholisi uchun qulay shart-sharoit yaratish yuzasidan deputat so‘rovi kiritildi.

Slide 1 of 1