Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Mutallib Raximov tomonidan Ishtixon tumani Yangikent mahallasi hududida joylashgan 7-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga olib boruvchi yo‘lning holati yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu yo‘lni ta’mirlash masalasi yuzasidan 2025-yil boshida ham deputatlik so‘rovi yuborilgan bo‘lib, berilgan javobga ko‘ra yo‘lni 2025-yilning III choragida hashar yo‘li bilan ta’mirlash rejalashtirilgani ma’lum qilingan.
Biroq, bugungi kunga qadar mazkur ishlar amalga oshirilmaganligi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan deputat tomonidan ushbu masalani joyida o‘rganish, yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnov uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan deputat so‘rovi kiritildi.