Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Gulmira Safarova tomonidan Ishtixon tumani “Mohpar” mahallasi Xolajon qishlog‘ida joylashgan tibbiy konteyner asosida tashkil etilgan tibbiyot punkti faoliyati yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.
Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida fuqarolar, ayniqsa nuroniylar tomonidan mazkur tibbiyot punkti 2025-yil iyun oyidan buyon faoliyat yuritmayotgani sababli hudud aholisi zarur birlamchi tibbiy xizmatlardan foydalanishda qator noqulayliklarga duch kelayotgani ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan deputat tomonidan tibbiyot punkti faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish, uning uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda aholiga tezkor birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini tiklash yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi kiritildi.