Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Nasiba Xakimova tomonidan hudud aholisining murojaatlari asosida tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.
Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida “Beshkapa” mahallasiga qarashli Suluvqo‘rg‘on qishlog‘i hamda “Katta Qangli” mahallasiga qarashli O‘rta qishloq fuqarolari tomonidan Oltiketmon, Suluvqo‘rg‘on va Chim qishloqlarini bog‘lovchi mahalliy ahamiyatga ega ichki yo‘lning holati qoniqarsiz ekani yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Mazkur yo‘lning nosozligi, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumida ko‘chalarda ko‘lmaklar paydo bo‘lishi hudud aholisi, jumladan maktab o‘quvchilarining harakatlanishida qator qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
Shu munosabat bilan deputat tomonidan ushbu masalani joyida o‘rganish, yo‘lni texnik talablar asosida ta’mirlash hamda hudud aholisi uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan deputat so‘rovi kiritildi.