Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Abdurazzaqova Zebo Safarovna tumandagi Chag‘atoy mahallasi hokim yordamchisi Ataxo‘jayev Sanjar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalarning daromad manbalarini oshirish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Shuningdek, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish, kasb-hunarga o‘qitish hamda imtiyozli moliyaviy ko‘maklar ajratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan mavjud muammolarni tizimli hal etish, kambag‘allikni qisqartirish ko‘rsatkichlarini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratida bo‘ladi.