Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Zafar Alimov tumandagi 9-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u yerda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonlari va muassasa infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.
Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotidagi qulayliklar, bolalarning ijodiy rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda tarbiyachilarning faoliyati yuqori baholandi. Shuningdek, kelgusida yanada qulay va zamonaviy muhit yaratish bo‘yicha takliflar ham bildirildi.