🛡QONUN USTUVORLIGI — YOSHLAR KELAJAGI KAFOLATI
📍 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Haydarov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Aslonov ishtirokida «Pozagari» mahallasida «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-263-son Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
👥 Tadbirda qonunning asosiy maqsadi, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarni huquqiy madaniyat ruhida tarbiyalash, oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini mustahkamlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🤝 Ta’kidlanganidek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish — davlat organlari, mahalla, ta’lim muassasalari, oila va keng jamoatchilikning o‘zaro hamkorligi orqali amalga oshiriladigan muhim vazifadir.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
✈️Telegram ▶️You tube 📷 Instagram 👤Facebook