Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Soliq inspektorining mahalladagi faoliyati

Soliq inspektorining mahalladagi faoliyati

Xalq deputatlari G‘ijduvon tumani Kengashi 24-Pozagari saylov okrugi deputati G‘.Sattorov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.Raxmatovalar "Qumoq" mahallasi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishi holati bilan tanishdilar.  

Mahalla soliq inspektori D.Niyozova tomonidan hududda tadbirkorlarga soliq xizmatlarini ko‘rsatish, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla byudjetining daromadini shakllantirish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Aholi o‘rtasida soliq qonunchiligining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Slide 1 of 2