Xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi holati o‘rganildi
❇️ Xalq deputatlari G‘ijduvon tumani Kengashi deputati M.Abduraxmonova tumandagi “Bobur” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi holati bilan tanishdi.
📌O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlarning bandligi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilgan ko‘maklar hamda oilalarni ajrim holatlariga olib keluvchi sabablar muhokama qilindi.
🔰 O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.